Компания "YATT QURBANOV SAMADBEK AZAMAT O‘G‘LI"
Zamonaviy kelin ko'ylak saloni bo'lib, keng turdagi to'y liboslari va aksessuarlarni taklif etadi. Biz yuqori xizmat sifati va mijozlarimizga alohida e'tibor berishimiz bilan mashhurlikka erishganmiz. Bizga salon faoliyatini barqaror rivojlantirish va yuqori standartlarga rioya qilishni ta'minlaydigan tajribali rahbar zarur.
Talablar:
• Savdo sohasida, ayniqsa kelin ko'ylak yoki moda industriyasida rahbar lavozimida ishlash tajribasi afzal;
• Jamoani muvaffaqiyatli boshqarish, xodimlarni motivatsiya qilish va o'qitish qobiliyati;
• Mijozlarga yuqori xizmat ko'rsatishni nazorat qilish;
• Strategik rejalashtirish va tahliliy fikrlash qobiliyati;
• Javobgarlik va murakkab vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyati;
• Kelin ko'ylak modasi bozorini va so'nggi trendlarni bilish ustunlik beradi.
Vazifalar:
• Salonning kundalik ishlarini boshqarish, savdo rejalarini bajarilishini va xizmat sifatini nazorat qilish;
• Mijozlar bilan ishlash, murakkab vaziyatlarni hal qilish va mijozlar qoniqish darajasini oshirish;
• Ichki jarayonlarni optimallashtirish, xizmat ko'rsatishni va jamoaning ishini yaxshilash;
• Salon faoliyati bo'yicha hisobot berish, savdolarni tahlil qilish va ko'rsatkichlarni yaxshilash rejalari ustida ishlas.
✅ Qulayliklar:
• Raqobatbardosh ish haqi va savdo natijalariga asoslangan bonus tizimi;
• Sohani professionallari bilan malaka oshirish imkoniyati;
• Ishxona hisobidan bepul 1 mahal ovqat;
Вакансия размещена в отрасли